Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan eʼlon qilingan hisobotlarga koʻra, 2021-yilning 9 oyi yakunlari boʻyicha, yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 66% ga oshdi.
Savol:
Bu yil O‘zbekistonda sug‘urt o’sishining sababi nimada?
O‘zbekistonda sug‘urta bozori kichik, sug‘urta darajasi va madaniyati sayozroq bo’lib, u hali ham rivojlanib bormoqda. 2021-yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari miqdori 2,63 trln. so‘m (246 mln. AQSH dollari) ni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 66% ga oshgan. Biroq, 2020-yilda pandemiya davrida bozor ko’rsatkichi pasayganligi sababli, umumiy mukofot daromadi 1,58 trln. so’m (154 mln. AQSH dollari) ni tashkil etdi, bu o‘tgan 2019-yilga nisbatan 11% ga kamroq demakdir, so‘nggi 3 yildagi o‘rtacha yillik o‘sish 13,5% ni tashkil etdi.
Bozorni umumiy sug’urtaning ixtiyoriy va majburiy sinflariga hamda hayotni sug’urtalashga bo’lish mumkin. 2021-yilda umumiy sug’urtaning ixtiyoriy va majburiy turlari hamda hayot sug’urtasi o’rtasidagi bo’linish mos ravishda taxminan 70% / 12% / 8% ni tashkil etdi. So’nggi 3 yilda hayotni sug‘urtalash ulushi 2019-yildagi 26% dan, 2020-yilda 14% ga va 2021-yilda 8% ga keskin kamaydi.
2021-yilda hayotni sug’urtalash bo’yicha mukofotlar yig’imi 2019-yil darajasiga yetdi – 0,47 trln. so’m. (44 mln. AQSH dollari). O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5265-sonli qaroriga muvofiq, hayotni sug’urtalash sohasida, sug’urta kompaniyasining daromad solig’i bo’yicha soliq imtiyozlari uzoq muddatli hayotni sug’urtalashni rivojlantirishni jadallashtirish imkonini beradi va xizmatlar ro’yxatini kengaytirishga yo’naltiriladi.
Majburiy toifalar asosan ish beruvchining javobgarligi va avtotransport vositalari oldidagi javobgarlikdan iboratdir. Ish beruvchining javobgarligini sug’urtalash 2020 va 2021-yillarda mos ravishda 30% / 27% ga o’sdi va FJMSQ mos ravishda 9,5% / 13% ga o’sdi. Faol rivojlanish tufayli, hatto pandemiya davrida ham qurilish-montaj sug‘urtasi bo‘yicha majburiy sug‘urta mukofotlari hajmi 72% ni tashkil etdi.
Sug’urtaning ixtiyoriy toifalarida 66% ga o’sish kuzatilib, jami 734 mlrd. so‘mni (68 mln. AQSH dollari) tashkil etdi. Kredit sug‘urtasi hajmi ikki baravar, umumiy javobgarlik sug‘urtasi 7 baravar o‘sdi, mulk sug‘urtasi esa pandemiyagacha bo‘lgan darajaga yetdi.
Bozor 2016-yil oxirida Prezident Sh.M.Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan beri amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni liberallashtirish dasturi ta’sirida.
2019-yil avgust oyida e’lon qilingan islohotlar sohaning iqtisodiyotdagi rolini kuchaytirish va yangi majmuaviy me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishga qaratilgan. Shuningdek, ular, ayniqsa, chakana savdo segmentlarida mukofotlar o’sishini qo’llab-quvvatlash va iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan sohalarda qo’llab-quvvatlash yoki kafolat mexanizmlarini taqdim etish choralarini o’z ichiga oladi. O‘zbekiston hukumati islohotlar natijasida sug‘urta sektorining yalpi ichki mahsulotga qo‘shgan hissasi 2022-yilga borib, 2018-yildagi 0,4% dan 0,8% gacha o‘sishini, jami sug‘urta mukofotlari esa mos ravishda 203 million AQSH dollaridan 478 million AQSH dollarigacha oshishini kutmoqda.
2019-yilda ilgari mavjud bo‘lgan Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshqarmasi o‘rnigayangi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tashkil etildi.
2018-yilda e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-son qarori ijrosi doirasida “O‘zbekiston Respublikasida islom bankingi va moliya boshqaruvi infratuzilmasini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi alohida loyihada islom banki va moliya infratuzilmasini joriy etish bo‘yicha, shu jumladan sug‘urta yoki takaful faoliyatiga oid qonunchilik normalari, hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlashga taqdim etish bo‘yicha komissiya tuzildi. Bu esa O‘zbekiston sug‘urta bozorida takaful mahsulotlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
Brokerlardan foydalanish ortib bormoqda va 2020-yil o’rtalarida ro’yxatdan o’tgan beshta firma bor edi. Xorijiy brokerlarda mamlakatda o’z vakolatlarini ochishga qiziqish ortib bormoqda. Internet orqali bir nechta chakana mahsulotlar, jumladan, TVEFJMSQ, kasko, uy, sayohat va sog’liq uchun mahsulotlar tarqala boshladi. O‘zbekistonda sayohatlarni cheklash va vaqtinchalik masofadan ishlashga o‘tishga olib kelgan COVID-19 pandemiyasi chakana sug‘urta mahsulotlarini onlayn xarid qilish tendensiyasini kuchaytirdi.
Umumiy sug‘urta sohasida yangi sug‘urta kompaniyalarining (5 ta sug‘urta tashkiloti, shu jumladan 1 tasi 100% xorijiy kapital bilan – Azimuth Insurance Company) ochilishi ham sug‘urta mukofotlarining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatdi.
Yirik xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi munosabati bilan qurilish-montaj tavakkalchiligi, fuqarolik javobgarligi va mol-mulk sug‘urtasining ixtiyoriy turlari bo‘yicha mukofotlar keskin oshdi, sug‘urta zaxiralarida qayta sug‘urtalovchilarning ulushi oshdi.
Muallif
OYBEK N. KHALILOV
AIC bosh direktori va ayni paytda O'zbekiston sug'urta bozori Professional ishtirokchilari uyushmasi boshqaruvi raisi.